Inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun Turkiya narx barqarorligi qo'mitasini tuziladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on o'tgan hafta iqtisodiy islohotlarga bag'ishlangan chiqish vaqtida narxlar barqarorligi qo'mitasi tuzilishini e'lon qildi.

Erdo'g'onning ta’kidlashicha, u taklif qilgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo'nalishlari bu inflyatsiyaga qarshi kurash va byudjet intizomidir, buning uchun esa inflyatsiyaga qarshi samarali kurashish uchun qo'mita tuzish zarur, shu bilan birga davlat sektorida narxlarning ko'tarilishi maqsadli inflyatsiya asosida amalga oshirilishi kerak.

"Kun tartibidagi ustuvor masala - inflyatsiyaga qarshi kurashdir. Maqsad esa bir xonali raqamga ega inflyatsiya", deb aytib o’tdi Erdo'g'on, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlari narxlari uchun "erta ogohlantirish tizimi" ishlab chiqilmoqda.

"Biz narxlar barqarorligi bo'yicha qo'mita tuzmoqdamiz. Moliya va g'aznachilik, texnologiyalar va energetika vazirlarini o'z ichiga olgan ushbu qo'mita inflyatsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshiradi", - dedi u.

Uning nutqi davomida turk lirasi dollarga nisbatan 7,5660 gacha mustahkamlandi.