Inha universitetida respublikamizning turli xil oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchashuvning asosiy maqsadi, TIUning jamoatchilik bilan aloqalar o‘rnatish (PR), ta’lim sohasida raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirish hamda kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha ijobiy tajribasini o‘rganish edi.

Kredit-modul tizimi taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash va talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Hozirda kredit-modul tizimi AKT vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida ya’ni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda Toshkent shahridagi Amiti universitetlarida joriy etilgan.