Inkas Vehicles kompaniyasi sertifikatlangan avtomobil mexaniklari va dilerlik mutaxassislarini tayyorlash markazini ochmoqda

Inkas Vehicles kompaniyasi UzAuto ko‘magida poytaxtda "Inkas Training Research & Development Center" zamonaviy o‘quv markazini ochmoqda.
Markaz bir nechta yo'nalishlarni o'z ichiga oladi: dilerlik markazlari mutaxassislarini malakasini oshirish, jumladan, sotuv menejerlardan tortib, ta'mirlash, kafolat va post kafolatli xizmat ko'rsatuvchi hodimlar, avto-mexaniklarga qadar malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash bilan shug'ullanadi.
O'quv markazi bir vaqtning o'zida 300 tagacha tinglovchilarni o'z ichiga oladi, bu esa bir yil ichida 5,000 sertifikatlangan mutaxassislar bilan bozorni ta'minlashga imkon beradi. Markazda o'qitilgan mutaxassislar kelajakda avtomobil egalariga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, bajarilgan ishlarning ishonchliligini oshiradi va operatsion xarajatlarni kamaytiradi, sifatli ta'mirlashni yanada qulayroq qiladi.
Quyidagi yo'nalishlar bo'yicha malaka oshirish va qayta tayyorlashdan o'tish mumkin:
- Avtomobil mexanikasi
- Diagnostika, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
- Avtomobillar va motorlar
- Quvvat tizimlari
- Avtomatik uzatish
- Gaz ballonli uskunalarni ishlatish
- Elektr va elektron tizimlar
- Kuzov ishlari
Bundan tashqari, o'quv markazi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha treninglar o'tkazadi:
- Loyiha boshqarish (menedjment)
- Moliyaviy boshqaruv, audit va buxgalteriya hisobi
- IT-boshqaruv
- Savdo mutaxassislari
Bundan tashqari, Inkas Training Research & Development Center markazi bozor tadqiqot xizmatlarini ham taqdim etadi.






