INNO texnoparki vakillar Singapurda o’tkazilgan biznes forumda ishtirok etdi

INNO texopark va Singapurning sun’iy intelleketga asoslangan dasturlarni yaratish bo’yicha yirik tashkiloti Asia Pacific Assistive Robotics Association (APARA) kompaniyasi o’rtasida memorandum imzolandi. Endilikda APARA kompaniyasi tomonidan texnoparkda sun’iy intellekt bo’yicha bepul darslar o’tkaziladi.

Shuningdek, Korea GRC (Global Robot Cluster) kompaniyasi prezidenti bilan muzokoralar o`tkazildi. Natijada, Koreya delegatsiyasi vakillari noyabrda “Xalqaro Sun’iy intellekt biznes forumi”da O’zbekiston uchun alohida pavilion ajratish va 10 kishidan iborat delegatsiyani kutib olishga tayyorligini bildirdi.

INNO texnopark ijrochi direktori Akbarxon Sobirxonov Singapurda Mamlakat katta vaziri, Milliy rivojlanish vaziri va Kommunikatsiyalar hamda aloqa vaziri Janob Tan Kiat Hov bilan uchrashib, Singapurlik innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi ishbilarmon va investorlarni INNO texnoparkga taklif etdi.