Innoprom 2022 - mahalliy va xorij kompaniyalarini birlashtiruvchi sanoat ko’rgazmasi

“Innoprom. Markaziy Osiyo” sanoat ko’rgazmasiga tashrif buyurgan Vazirlar hamda mehmonlar ko’rgazma maydonini ko’zdan kechirib, unda ishtirok etayotgan mahalliy va xorij kompaniyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Yirik investorlar va yuqori darajadagi mehmonlarni birlashtirayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʼrgazmasi doirasida Oʼzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasining investitsiyaviy hamda iqtisodiy salohiyati xususida konstruktiv muloqot tashkil etilmoqda.
Katta imkoniyatlar eshigini ochuvchi ushbu ko’rgazmada, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston shuningdek, MDH mamlakatlaridan 200 ga yaqin xorijiy kompaniyalari va 1300 dan ortiq jismoniy shaxslar ishtirok etmoqda.
Poytaxtimizda bo’lib o’tayotgan koʼrgazmaning asosiy boʼlimlari metallurgiya va materiallar, sanoat avtomatizatsiyasi, mashinasozlik va butlovchi qismlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’lib, mazkur ko’rgazma Markaziy Osiyo mintaqasi va unga chegaradosh mamlakatlar uchun anʼanaviy yillik sanoat kooperatsiyasi maydonchasini yaratadi.






