Innoprom. Markaziy Osiyo xalqaro ko’rgazmasiga start berildi

O’zbekiston va Rossiya delegatsiyalari hamkorligida tashkil etilayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko’rgazmasining ochilish marosimi doirasida “Markaziy Osiyo: texnologik yutuqlar makoni" asosiy yalpi majlisi o’tkazilib, unda Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov nutq so’zladi.

Shuningdek, Yalpi majlisda:

Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov;
Belarus Respublikasi sanoat vaziri Petr Parxomchik;
Vagan Kerobyan, Armaniston Respublikasi iqtisodiyot vaziri;
Qirgʻiziston Respublikasi iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiyev;
Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir nutq so’zladilar.
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 25-26-27-aprel kunlari poytaxtimizning “Oʼzekspomarkaz” Milliy koʼrgazmalar majmuasida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʼrgazmasi boʼlib oʼtmoqda.

Unda dunyoning oʼnlab mamlakatlaridan kelgan turli soha vakillari ishtirok etmoqda.

P.S. Koʼrgazmada 5 ta (Oʼzbekiston, Belarus, Qozogʼiston, Rossiya va Tojikiston) milliy ekspozitsiya, Rossiya Federatsiyasi hududlarining 8 ta (Moskva shahri, Sverdlovsk, Chelyabinsk, Tula va Nijniy Novgorod viloyatlari, Xanti-Mansi avtonom okrugi, Krasnodar oʼlkasi va Tatariston Respublikasi) birlashgan stendlari, 52 ta kompaniya (shu jumladan Frantsiyaning 8 ta kompaniyasi - Valeo, Cornerstone, Spectrum, SNF, Smoove, Alvarez & Marshal, TrendMicro, Integra, Vengriyaning 2 ta kompaniyasi - Hungarian Water Treatment Cluster, Budapest Hydro va Italiyaning 1 ta kompaniyasi - Camozzi Pnevmatika ishtirokchi yoki hamishtirokchi sifatida oʼz mahsulotlarini namoyish etishlari rejalashtirilgan.