«Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko'rgazmasi boshlandi

Joriy yilning 24 aprel kuni Toshkentda uch yil ichida o'zini mintaqalararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun samarali platforma sifatida ko'rsatgan "Innoprom. Markaziy Osiyo" o'z ishini boshladi.
O'tgan ko'rgazmalarda, umumiy hisobda 30 dan ortiq yirik biznes tadbirlari va tadbirkorlar o'rtasida 500 dan ortiq uchrashuvlar o'tkazildi, ularning yakunlari bo'yicha 7 milliard dollardan ortiq 600 dan ortiq kelishuvga erishildi.
Joriy yilda "Innoprom" nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun katta investitsiya iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochayotgani ta'kidlandi.
Ko'rgazmada ishtirok etish uchun 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, MDH mamlakatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog'iston, Turkiya va Turkmaniston biznes va davlat tuzilmalari vakillari ro'yxatdan o'tdilar.






