«Innoprom» xalqaro sanoat ko'rgazmasida O'zbekiston mahsulotlari namoyish etiladi

5-8 iyul kunlari Yekaterinburgda «Innoprom» xalqaro sanoat ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Ko'rgazmada O'zbekiston kompaniyalari o'z mahsulotlarini namoyish etadilar.

Ushbu tadbirda mamlakatimiz vakillari, xususan, alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi va "MEXMASH" kompaniyasi mahkamlagichlar ishlab chiqarish bo'yicha kompaniya vakillari ishtirok etishadi. Mamlakatimizning premium mahsulotlari "Made in Uzbekistan" stendida namoyish etiladi.

Ta'kidlash joizki, «Innoprom» - 2010 yildan buyon Yekaterinburgda har yili o'tkaziladigan xalqaro sanoat ko'rgazmasi. Butun dunyodan kelgan ishbilarmonlar, ekspertlar, olimlar va siyosatchilar ishtirok etadigan ko'rgazmada xalqaro kompaniyalarning innovatsion ishlanmalari va loyihalari namoyish etiladi.