Innovatsion rivojlanish vaziri boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etiladi

Prezident huzurida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etilishi belgilandi.

Olimlarimiz yaratgan 100 sentnergacha hosil beradigan paxta navlari (Buxoro, Ravnaq, Porloq, Sulton) klasterlarga yetkazilmayapti, dehqon va fermerlarimiz qaysi hosildor urugʼlarni ekishni va ularni qayerdan olishni bilmayapti.

Soʼnggi yillarda kunduzgi va tungi harorat bir xil boʼlib qolayotgani, yangi turdagi hashoratlarning koʼpayib borayotgani ushbu sharoitga chidamli navlarni koʼpaytirishni taqozo qilmoqda.

Gʼoʼzani oʼgʼitlashni oʼzgartirish, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga solish vaqti-soati keldi.

Shu bois Prezident huzurida Innovatsion rivojlanish vaziri I.Аbdurahmonov boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etilishi belgilandi. Kengash:

har yili hosildor va ertapishar navlarni hududlar kesimida koʼpaytirish va ekishni har bir klaster boʼyicha belgilab beradi;

iqlim va harorat oʼzgarishlariga mos boʼlgan oʼgʼitlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qoʼllashni tartibga oladi;

keyingi yillarda hashoratlar eng katta muammo boʼlishini inobatga olib, ularga qarshi kurashish boʼyicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi