Innovatsion rivojlanish vaziri: “Inson kapitali rivojlanishini tanlab, to'g'ri yo'l tutdik”

Joriy yilning 9-fevral kuni Turkiy kengash Bosh kotibi Bagdad Amreyevning O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar Turkiy kengash doirasidagi innovatsiya sohasida o'zaro hamkorlikning joriy holatini muhokama qildilar va innovatsion ekotizimni rivojlantirish sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo'yicha fikr almashdilar.

Tomonlar Tashkilot doirasida yoshlar innovatsion markazini tashkil etish, turkiy mamlakatlar o'rtasida qo'shma moliyalashtirish asosida startap-loyihalarni yaratish bo'yicha xalqaro tanlovlarni e’lon qilish, tajriba almashishni tashkil qilish va texnoparklarni rivojlantirishga Turkiy kengashga a’zo mamlakatlardan yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlariga to'xtalib o'tdilar.

Turkiy kengash doirasida qo'shma iqtisodiy loyihalarni, xususan, startaplar va innovatsion g'oyalarni moliyalashtirishda muhim o'rin tutadigan Turkiy investitsiya Fondini tashkil qilish bo'yicha ishlar olib borilayotganligi ta’kidlab o'tildi.