Innovatsion rivojlanish vaziri XXV Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov 2022-yilning 15-18-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida oʼtkazilayotgan XXV Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida "Uzfarmsanoat" va Zuma Pharma o’rtasida kelishuv imzolanish marosimida ishtirok etdi.
“Global raqobat bir vaqtning o'zida o'zaro manfaatli masalalarning butun spektri bo'yicha javob izlashni talab qiladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va pandemiyadan keyingi davrda ko‘plab davlatlar “bilimlar iqtisodiyoti” va “raqamli iqtisodiyot” qurish yo‘lini tanlaganini ko‘rib turibmiz.
Zamonaviy dunyoda inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion g‘oyalar va yuqori texnologiyalar har bir mamlakatning jadal va barqaror rivojlanishining fundamental asosini tashkil etadi”, - deya ta’kidladi Ibrohim Аbdurahmonov.
Shuningdek, “Imzolangan kelishuv biz uchun nafaqat bemorlarimizni hayotni saqlab qoladigan dori bilan taʼminlash nuqtai nazaridan muhim, balki dori-darmonlarni birgalikda ishlab chiqarish boʼyicha korxonalar oʼrtasidagi kooperatsiya import mustaqilligi va ish oʼrinlari koʼpayishini taʼminlashi bilan ahamiyatli”, - dedi vazir.






