Innovatsion rivojlanish vaziri XXV Yevroosiyo Iqtisodiy Sammiti xalqaro tadbirida nutq so'zladi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov 7–9-iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahriga amalga oshirgan tashrifi doirasida XXV “Yevroosiyo Iqtisodiy Sammiti” ochilish marosimida ishtirok etdi.

Sammitning ikkinchi sessiyasida I.Abdurahmonov fahriy mehmon sifatida nutq so'zladi. Unda vazir iqlim o'zgarishining sayyoramizga ko'rsatayotgan salbiy ta'siri, unga qarshi kurashish yo'llari va buning uchun O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan dunyoda davom etayotgan texnologik rivojlanishning mavjud ish o'rinlariga ta'siri, insoniyat va etika masalalari ko'tarilib, bu yo'nalishda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan “Inson qadri uchun” siyosati bilan tinglovchilar tanishtirildi.

Ma’lumot o’tnida: “Yevroosiyo Iqtisodiy Sammiti” xalqaro tadbiri — 1998-yildan boshlab o'tkazib kelinadigan va Yevroosiyo mintaqsaidagi davlat va hukumat rahbarlari, vazirlik va idoralar, tadbirkorlik vakillarini qamrab oluvchi sammitdir.