Innovatsion rivojlanish vaziriga Bright Uzbekistan jurnali taqdim etildi

Bugun, 1-iyun kuni loyihamiz asoschisi Davron Abdullaev hamda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov o’rtasida uchrashuv tashkil etilib, Bright Uzbekistan jurnalning ilk soni taqdim etildi.

Uchrashuv davomida, vazir Ibrohim Abdurahmonov jurnal haqida o’z fikrlarini bayon etib, uni yuqori darajada hamda sifatli ekanini ta’kidladi. Suhbat davomida jurnalning keyingi son rejalari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, uchrashuv so’ngida, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan chop etilgan jurnallar ham loyihamiz a’zolariga taqdim etildi.