Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi «Yashnobod» innovatsion texnoparki xodimlari va rezidentlari EXPO 2020 Dubaida ishtirok etmoqda

Koʼrgazma doirasida «Yashnobod» innovatsion texnoparki rezidentlarining xorijiy hamkorlar bilan olib borgan muzokaralari natijasida, umumiy qiymati 5 mln. 300 ming АQSh dollari qiymatidagi eksport va 468,2 ming АQSh dollarlik import shartnomalari imzolandi.

Shuningdek, “Dubai Expo-2020” butunjahon koʼrgazmasi doirasida Oʼzbekiston milliy pavilonida tashkil etilgan Innovatsiyalar haftaligi doirasida Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari tomonidan "Make it Logo" interaktiv musobaqasi oʼtkazildi, unda 30 ga yaqin davlatdan ishtirokchilar qatnashdi.

Natijada Filippin davlatidan tashrif buyurgan Dennis Sebial eng qisqa vaqt - 3 daqiqada pazlni yigʼib musobaqa gʼolibi deb topildi va esdalik sovgʼa bilan taqdirlandi.