Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlarining Ozarbayjonga tashrifi

Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Ozarbayjon Transport va raqamli iqtisodiyot vazirligi oʼrtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq Vazirlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari Ozarbayjon Respublikasining bir qator idora va tashkilotlarida tajriba almashib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.
Joriy yilning 20-sentabr kuni Vazirlik delegatsiyasining Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Ilm-fanni rivojlantirish jamgʼarmasi rahbariyati bilan uchrashuvi boʼlib oʼtdi. Uchrashuv davomida tomonlar oʼrtasida istiqbolda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi va Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Ilm-fanni rivojlantirish jamgʼarmasi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik memorandumi imzolashga kelishildi.






