Innovatsion rivojlanish vazirligida Science fair-2022 bo'lib o'tdi

Mazkur tadbir Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi o'quvchilari o'rtasida har yili o'tkaziladi.
Akademik tadbir 2018-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda va uning asosiy maqsadi o'quvchilarga tadqiqot va innovatsiyalar sari ilk qadamlarni qo'yish imkonini berish, o'quvchilarning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati, ijodiy g'oyalari va loyihalarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarning ushbu faoliyatda faol ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir.
“Science fair”da ishtirok etgan o'quvchilarning loyiha ishlarining tezislari kitob ko'rinishida chop etiladi.






