Innovatsion rivojlanish vazirligidan innovatsion taklifnoma

Xabaringiz bor, joriy yilning 17-21 oktabr kunlari Toshkent shahrida “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” mavzusida “InnoWeek” - innovatsion g‘oyalar ilmiy faoliyatni rivojlantirish haftaligi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirga "Bright Uzbekistan" loyihasi rahbari va jamoasi taklif etildilar.

Ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoda sohadagi eng yirik xalqaro tadbiriga taklifnomani shaxsan Olimjon To'ychiyev taqdim etdilar. Ularga loyiha rahbari va jamoasi nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Haftalik doirasida Xalqaro texnologiyalar ko'rgazmasi tashkil etiladi. Unda ishtirok etuvchi loyihalar muqobil energetika tizimlari, biotexnologiyalar, kimyo sanoati, robototexnika, atrof muhit muhofazasi, materialshunoslik kabi bir qator yo‘nalishlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning natijalarini tashkil etadi.

Shuningdek, unda bir qator tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalar ham taqdim etilishi ko'zda tutilgan.

"InnoWeek" - innovatsion g‘oyalar haftaligida 50 dan ortiq xorijiy davlatlar vakillari, 100 dan ortiq kompaniyalar, 40ga yaqin xorijiy tashkilotlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Agarda siz innovatsion g‘oya egasi, tadbirkor yoki investor bo‘lsangiz mazkur haftalik aynan siz uchun!