Innovatsiyalar Milliy ofisi va ShHT texnologiyalar transferi markazi vakillari o’rtasida uchrashuv o’tkazildi

Bugun, 14-sentabr kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To’ychiyev va ShHT texnologiyalar transferi markazi rahbari Chjao Chjinyuan o`rtasida hamkorlik uchrashuvi o’tkazildi.

Uchrashuvda quyidagi masalalarda o'zaro hamkorlikni amalga oshirishga kelishib olindi:

Innovatsiyalar Milliy ofisi va ShHT texnologiyalar transferi markazi o’rtasida hamkorlikni o'rnatish;
ShHT texnologiyalar transferi markazining Toshkentdagi vakolatxonasini tashkil qilish;
Innovatsion texnologiyalarni birgalikda ShHT mamlakatlari bozorlariga joriy etish va texnologiyalar transferini amalga oshirishga ko'maklashish;
Innovatsiyalar Milliy ofisi va va ShHT texnologiyalar transferi markazi hamkorligida qo’shma laboratoriya, shuningdek inkubatsiya markazini tashkil etish.
Uchrashuv davomida markaz vakillari joriy yilning oktabr oyida o’tkaziladigan “InnoWeek.uz” 2022 xalqaro innovatsion g`oyalar haftaligiga taklif etildi. Shuningdek, ShHT texnologiyalar transferi markazi vakillari yordamida ushbu haftalikka Xitoydagi yetakchi ilg’or texnologik kompaniyalar vakillari ishtirokini taminlashga kelishib olindi.