InnoWeek 2022: «Aqlli shaharlar» masalalariga ixtisoslashgan ekspertlar konferensiyasi

“InnoWeek 2022” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida bugun, 20-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti mintaqasida “Aqlli shaharlar” masalalariga ixtisoslashgan IT-mutaxassislar uchun ekspertlar konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiyada Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlardan tegishli muassasalar ekspertlari hamda ushbu sohada faoliyat yurituvchi IT-kompaniyalar vakillari ishtirok etib, o’z davlatlarida amalga oshirilayotgan “Aqlli shaharlar” loyihasi taqdimoti bilan bo’lishdilar.

Ushbu konferensiya o'tgan yil noyabr oyida "Raqamli davrda yashil energiya va aqlli shaharlar" mavzusida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkiloti Istanbul sammitidan keyin rejalashtirilgan bir qator tadbirlar doirasida tashkil etildi.

Konferensiyadan koʻzlangan maqsad TDT hududidagi “aqlli shaharlar”ning bugungi kundagi rivojlanishiga oid soʻnggi maʼlumotlar va tajribalar bilan oʻrtoqlashish hamda tegishli davlat organlariga tavsiyalar berish uchun platforma yaratishdan iborat.