InnoWeek-2022: Xorazmda “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni bo’lib o’tdi

Yoshlarning innovatsion loyihalarini rag’batlantirishga qaratilgan marafonda jami 44 nafar iqtidorli yoshlar (33 nafar o‘g‘il, 11 nafar qiz) o’zlarining innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdilar va 3 nafar eng yaxshi loyiha egalari saralab olinib, qimmatbaho sovg'alar bilan rag’batlantirildi.

Xorazm viloyatida o’tkazilgan "Technoways" texnologik rivojlanish marafoni yakunlari:

Marafon 27-28-29-iyul kunlari Xorazm viloyati Urganch shahrida bo’lib o’tdi;
Marafonda jami 44 ta loyiha egalari ishtirok etishdi;
Marafonning ochilish marosimi Urganch shahridagi "DATA" o’quv markazida o’tkazildi;
3 kun davomida marafon ishtirokchilari startap loyihalarni rivojlantirish bo’yicha trening va seminarlarda qatnashishdi;
Ishtirokchilar uchun“UzXCMG” qo’shma korxonasiga texno-tur tashkil etildi;
Texnologik rivojlanish marafoni qatnashchilari o’z ishlanmalari bilan "InnoWeek-2022" innovatsion g’oyalar hududiy ko’rgazmasi Xorazm viloyat bosqichida ishtirok etishdi.
Marafon so’ngida eng yaxshi 3 ta loyiha saralab olinib, qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.