InnoWeek innovatsiyalar haftaligi qaytmoqda

Yurtimizda so'nggi yillarda qator sohalarda izchil o'zgarishlar va rivojlanishlar kuzatilmoqda. Shu o'rinda ushbu sohalarda qator Innovatsiyalar ham joriy etilmoqda. Bu albatta Innovatsion rivojlanish vazirligining serhosil mehnatidir. Ushbu soha yangiliklari hamda erishilgan yutuqlarini esa innovatsiyalar haftaligi - InnoWeek ko'rgazmasi orqali ommaga taqdim etish urfga aylangan.

Bright Uzbekistan jamoasi, loyiha asoschisi Davron Abdullaev boshchiligida Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurib, InnoWeek.uz-2022 tadbiriga tayyorgarlik masalalari, uning targ'iboti va tashkiliy jarayonlari borasida Vazir Ibrohim Abdurahmonov hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferining milliy ofisi Bosh direktori Olimjon To'ychiev bilan uchrashuv o'tkazdilar.

InnoWeek - mukammal platforma bo'lib, mahalliy va xalqaro kompaniyalarning uchrashuv nuqtasi, yangi innovatsion loyihalar taqdimot maydonchasi hamda investitsion loyihalarni imzolash rejalashtirilgan tadbirdir.

Ma'lumot uchun, InnoWeek-2022 ko'rgazmasi 17-21-oktabr kunlari Vazirlik binosi maydonida bo'lib o'tadi. Tadbirga 18 mamlakatdan qatnashchilar tashrif buyurishlari kutilmoqda.