InnoWeek.Uz-2022: «Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» panel muhokamasi

“InnoWeek.uz” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida joriy yilning 18-oktabr kuni “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” mavzusida panel muhokama boʻlib oʻtdi.
Unda Senatning Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi Boriy Alixanov, Prezident maslahatchisi Odil Abduraxmanov, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va boshqa xorijlik ekspertlar ishtirok etdilar. Shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Bagʻdad Amreyev, Muhammad bin Rashid nomidagi Hukumat innovatsiyalari markazi rahbari hamda Germaniya Sharqiy Biznes Assotsiatsiyasi Boshqaruvchi direktori Maykl Xarmslar ham videomurojaat yoʻlladilar.
Panel muhokamasida Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, alternativ hamda energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar hamda ularning dunyodagi ekologik muammolariga ijobiy taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.






