«InnoWeek.uz-2022» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga start berildi

Joriy yilning 17-21 oktabr kunlari “InnoWeek.Uz-2022” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi (keyingi o‘rinlarda – Haftalik) “Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar” shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, tadbirda mahalliy va xorijiy investorlar, xalqaro tashkilotlar, nufuzli mehmonlar hamda chet el oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari vakillari va boshqalar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Mazkur tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J.A. Xodjayev ochib berdilar.
Haftalik davomida Xalqaro interaktiv yarmarka, Tijoratlashtirish forumining kuzgi bosqichi, (vazirlik va zakovat binosida), Osiyo va Tinch okeani texnologiyalar transferining mintaqaviy seminari, “Energiya samaradorligi va uglerodsiz kelajak energiyasi” xalqaro forumi, “Iqlim o‘zgarishi moslashuviga qaratilgan yashil innovatsiyalar” konferensiyasi, Global innovation Index – 2022 “O‘zbekiston tajribasi” konferensiyasi, “Aqlli shaharlar” masalalariga ixtisoslashgan IT mutaxassislari uchun ekspertlar mavzusida konferensiya, Vodorod energetikasi istiqbollari mavzusida konferensiya, “Technoways” texnologik rivojlanish marafoni, International Robotic Challenge musobaqasi, , Xalqaro innovatsion-investitsion forumi, mahalliy va xorijiy innovatsion texnologiyalar va mahsulotlar ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tadi.






