Instagram ijtimoiy tarmog‘i yopiq akkauntlar uchun yangi xavfsizlik chorasini joriy qildi

Endi Instagramda obunalar va obunachilar ro'yxatiga kirish profil egasidan tashqari barcha foydalanuvchilar uchun cheklanadi.
Meta kompaniyasiga tegishli Instagram ijtimoiy tarmog‘i yopiq shaxsiy akkauntlar uchun xavfsizlik choralarini kuchaytiradi va profil egasidan tashqari barcha foydalanuvchilar uchun obunachilar ro‘yxatiga kirishni cheklaydi. Platforma vakillari akkauntlari yopiq foydalanuvchilarni tegishli xabarda yangi funksiya haqida xabardor qiladi.
“Sizni himoya qilish uchun biz shaxsiy hisoblardagi obunachilar va kuzatuvchilar roʻyxatini vaqtincha yashirib qoʻydik. Siz kimni kuzatayotganingizni va sizni kim kuzatayotganini faqat o’zingiz ko'rishingiz mumkin”, deyiladi xabarnomada. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq yangi funksiyani o'chirish imkoniyatini bermaydi.






