Instagram'da yangi funksiyalar ishga tushirmoqchi

Mobil ilovaga oktyabr oyida bir qancha funksiya va instrumentlar kiritilishi ma’lum qilindi. Ular orasida uzoq kutilgan – kompyuterdan akkauntga rasm yuklash.

Bular quyidagilar:

— 19-oktyabrda ijtimoiy tarmoqda Collabs funksiyasi paydo bo‘ladi. Ushbu funksiya ijtimoiy tarmoqning ikki foydalanuvchisiga bitta qo‘shma-post chiqarish imkoniyatini beradi. Bunday postlarga sharhlar, layk va ko‘rishlar soni umumiy bo‘ladi.

— 20-oktyabrda notijorat tashkilotlar uchun mablag‘ yig‘ishni boshlash funksiyasi ishga tushadi.

— 21-oktyabrda foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterdan – ijtimoiy tarmoq ilovasi bo‘lmagan har qanday platformadan fotosuratlar va videolarni bir daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida e’lon qilishlari mumkin bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoq bu funksiyani iyun oyida sinovdan o‘tkazgandi.

— 21-oktyabrdan boshlab Reels'da yangi funksiyalar, xususan qo‘shiqlarning 3D matni ham kiritiladi.