Investitsiya loyihalari onlayn rejimda nazorat qilinadi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilishni avtomatlashtiradigan yangi tizimni ishga tushirdi.

Ushbu tizimning maqsadi pandemiyadan keyingi davrda loyihalarni o'z vaqtida ishga tushirmaslik xavfini oldini olishdir.

Turli mintaqalarda joylashgan loyihalarning rivojlanish jarayonini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyatining paydo bo'lishi, yuzaga kelgan turli muammolarga tezda javob berish va ularni yo'q qilish imkonini beradi.

Bugungi kunda "Investitsiya loyihalarini amalga oshirilishni nazorat va monitoring qilish" tizimi tajriba rejimida ishlaydi.

Avtomatlashtirilgan tizimni joriy yilning 1 iyulida to'liq ishga tushirish rejalashtirilgan, deya xabar qiladi vazirlik matbuot xizmati.