Investitsiya va tashqi savdo vazirligi rahbarlari va xodimlari taqdirlandilar

Davlatimiz rahbarining farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan bir qator ITSV rahbarlari va xodimlari davlat ordenlari va medallari bilan taqdirlandi.
• O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Umurzakov Sardor Uktamovich “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi.
• Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Kudratov Laziz Shavkatovich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hududiy bo‘linmalarining bir qator rahbarlari mukofotlandilar:
• Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Axmedxadjayev Azim Isroilovich “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
• Samarqand viloyati hokimning o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Xodjayev Oybek Erkinovich va Buxoro shahri hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Davronov Kamol G‘afurovich “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlandi;
• Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Oripov Anvar Xomitovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Habibullayev Baxitjan Sagidullayevich “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.
"Bright Uzbekistan" jamoasi nomidan vazirlik rahbariyati va xodimlarini faxriy yorliqlar bilan samimiy tabriklaymiz.






