Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining yangi o'rinbosari tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi PQ-5065-sonli farmoni bilan Rahimov Baxtiyor Abdug’ani o’g’li O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari etib tayinlandi.

B.Rahimov tayinlangunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasida turli lavozimlarda ishlagan.

Rahimovning yangi lavozimdagi vazifalariga eksportni qo'llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini ta'minlash, tarmoqlar va mintaqalarning eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, shuningdek transport, kommunikatsiya va logistika salohiyatlarini hamda xalqaro transport yo’lakchalarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish masalalari kiradi.