Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida “Аyollar klubi” oʼz ishini boshladi

Klubning maqsadi – boshqaruv sohasida ayollarning raqobatbardoshligini oshirish hamda vazirlik boshqaruv xodimlari orasida gender tengligini taʼminlash.

Klub aʼzolarining barchasi vazirlik Markaziy apparati ayol xodimlaridir.

Klub ayollar uchrayotgan asosiy qiyinchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish imkonlarini oʼrganish, ularni bartaraf etish boʼyicha yechimlarni ishlab chiqish hamda boshqaruv fazilatlari va yetakchilik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan treninglar orqali ayollarning rahbarlik koʼnikmalarini rivojlantiradi.

“Аyollar klubi” uchrashuvlar va motivatsion treninglar shaklida faoliyat yuritadi hamda aʼzolari oʼrtasida oʼzaro fikr va tajriba almashishning samarali platformasi boʼlib xizmat qiladi.

“Аyollar klubi”ning dasturiga boshqaruv uslublari va usullari, ayol rahbarning imidjini shakllantirishga, muzokaralar olib borish koʼnikmalariga, Oʼzbekiston ayollarining huquq va imkoniyatlari boʼyicha treninglar, taqdimotlar, mahorat darslarini oʼtkazish kiritilgan.

Dastur 6 oyga moʼljallangan boʼlib, uning yakunida ishtirokchilar tegishli sertifikatga ega boʼladilar