Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining ustuvor vazifalari belgilandi

Joriy yilning may oyida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov boshchiligida ochiq muloqot shaklida brifing bo'lib o'tdi. Mazkur brifing texnik tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya milliy tizimini yanada rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, sog'liqni saqlash va iste'molchilar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirishni muhokama qilishga bag'ishlangan brifing bo'lib o'tdi. Brifingda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va "O'zstandart" agentligi rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar erishilgan natijalar va 2021 yilga mo'ljallangan ustuvor vazifalar kontekstida juda ko'p dolzarb mavzularni har tomonlama muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Shu nuqtai nazardan, "O'zstandart" agentligi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar faoliyati samaradorligi o'rganildi, milliy qonunchilikni xalqaro bozorda mahalliy mahsulotlarning rentabelligini belgilaydigan amaldagi xalqaro me'yorlarga muvofiqlashtirish bo'yicha takliflar ham ko'rib chiqildi.

Bundan tashqari, mahalliy korxonalar tomonidan xalqaro standartlarni joriy etish holatini tahlil qilish asosida, shuningdek amaldagi me'yoriy talablarni belgilangan me'yorlarga muvofiqlashtirishning bozor mexanizmlarini hisobga olgan holda muayyan amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Kelgusida standartlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash, muvofiqlikni baholash, shuningdek texnik reglament sohasidagi bir qator qonun hujjatlarini yangi tahrirda tasdiqlash ko'zda tutilgan.

Mahalliy eksport qiluvchi tadbirkorlarni xalqaro sertifikatlar olishda amaliy yordam ko'rsatish orqali maqsadli qo'llab-quvvatlash bo'yicha Agentlik faoliyatini jonlantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Brifing natijasida ishtirokchilar tashqi savdo sohasida xalqaro reytingni oshirish zarurligi to'g'risida umumiy fikrga keldilar. Shuningdek, sertifikatlashtirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirish va mahalliy mahsulotlarning texnik standartlar talablariga muvofiqligini baholash jarayonlarini soddalashtirish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.