Investorlar Ukraina mojarosidan himoyalanish uchun kriptovalyuta fondlariga pul o‘tkaza boshladilar

Global sarmoyadorlar o‘zlarini Rossiya-Ukraina mojarosining moliyaviy oqibatlaridan himoya qilish uchun kriptovalyuta fondlariga pul o‘tkaza boshladilar. Shu bilan birga, investorlar tomonidan fevral oyining so‘nggi uch haftasida kriptovalyutalarga taxminan 4 milliard dollar sarmoya kiritilgan.
O‘tgan haftada esa ushbu sektordagi startaplarga yana 400 million dollar sarmoya kiritildi deyiladi xabarlarda.
“Ukrainadagi mojaro bizning moliyaviy va raqamli iqtisodiyotimizni qurollantirdi va haqiqatan ham blokcheynni qabul qilishni tezlashtirdi. Biz ko‘chmas mulk va obligatsiya fondlaridan kriptovalyutalar va blokcheynga mablag‘larning qayta taqsimlanishini yuqori foiz stavkalari sababli ko‘ryapmiz”, dedi Pol Xsu, raqamli aktivlarga ham, venchur kapitaliga ham sarmoya kirituvchi Decasonic fondi asoschisi.
Refinitiv Lipper ma'lumotlariga ko'ra, amerikalik sarmoyadorlar 2-9-mart kunlari obligatsiya fondlaridan 7,8 milliard dollarni olib qo'yishdi. Reyter agentligining yozishicha, ko‘chmas mulk fondlari xuddi shu davrda 707 million dollar miqdorida sof chiqimni qayd etgan, yana 1,15 milliard dollar 23-fevraldan 2-martgacha olib chiqilgan.
Ukraina inqirozi davrida kripto qimmatli qog'ozlar kabi an'anaviy xavfli aktivlardan ustun keldi, deb yozadi Reuters. Unga ko‘ra, birgina fevral oyida bitkoin 12,2 foizga, efir esa 8,8 foizga qimmatlashgan. 24-fevraldagi keskin pasayishdan so'ng, Rossiya Ukrainada "maxsus operatsiya" boshlaganida, ikkita eng mashhur kriptovalyuta mos ravishda 14,5% va 13,5% ga ko'tarildi, S&P 500 esa atigi 3,2% ga o'sdi.






