"Ipak yo'li durdonasi" xalqaro kinofestivalini o'tkazish masalalari muhokama qilindi

16 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Toshkent xalqaro kinofestivalini tiklash va o'tkazish to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bosh vazir o'rinbosari-turizm va sport vaziri Aziz Abdukhakimov boshchiligidagi majlisda tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas'ul rahbarlari ishtirok etdi. Bo'lajak kinofestivalni tayyorlash jarayoniga bag'ishlangan majlisda milliy kinomatografiya, kinokompaniyalar va kinoteatrlar tarmoqlarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Majlisda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosarlari ham onlayn tarzda ishtirok etdilar.






