Ipak Yo‘li va Ruan Normandiya universitetlari hamkorlik memorandumni imzoladi

Joriy yilning 30-sentyabr kuni Fransiya Ruan Normandiya va “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti o‘rtasida 3 yillik hamkorlik memorandumi onlayn tarzda imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida Ipak yo‘li turizm xalqaro universiteti bilan keng qamrovli taʼlim va ilmiy aloqalar, xususan universitet huzuridagi Buxoro turizm texnikumi Yevropaning nufuzli taʼlim dargohi bilan uzaro aloqalarni rivojlantirish maqsad qilingan.
Fransiya tomoni turizm sohasida o‘rta maxsus professional va oliy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash jarayonida keng qamrovli aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanligini maʼlum qildi.
Xususan, turizm, mehmonxona xo‘jaligi, madaniy merosni asrash va restavratsiya qilish va arxitektura yo‘nalishlarida fransiyalik mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish muhim ahamiyat kasb etishini alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik memorandumining onlayn imzolash marosimi bo‘lib utdi. Tomonlarning o‘zaro uchrashuvi 2021-yil noyabr oyida Samarqand va Buxoro shaharlarida tashkillashtirilishi rejalashtirib olindi.






