Ipakchilik sohasida Ozarbayjon bilan hamkorlik qilinadi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikail Jabborov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari, “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” va “O‘zbekipaksanoat” uyushmalari mas’ul xodimlari bilan amaliy muloqot bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda mehmonlar, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasidagi “Showroom”ni ko‘zdan kechirishdi. Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilayotgan ilmiy ishlanmalar, tut plantatsiyasini yaratilishi, ipak qurti seleksiyasi, pillachilikni mexanizatsiyalash, sun’iy ozuqa yaratish, ipak qurti genetikasi hamda ipakchilik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi.

Jahon bozori kon’yunkturasining tez fursatlar bilan o‘zgarib borayotganligi, iste’molchilarning talablari kuchayayotganligi, shuningdek, xorijiy bozorlarda o‘zbek mahsulotlariga bo‘lgan talabning oshayotganligi pillachilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida, yaqin kelajakda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishildi.