iPhone modellari uchun yangi rang

Apple kompaniyasi yil oxriga qadar yangi rangli dizayndagi smartfonlarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. So’nggi rusumli iPhone smartfonlari ranglari safiga endi qizg'ish-jigarrang ham qo’shilishi taxmin qilinmoqda.
Shuningdek, kompaniyadan yangilik sifatida iPhone 15 liniyasidagi eng qimmat qurilmalarda titan korpusi bo’lishi ham kutilmoqda. Ular 3 nm texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan A17 Bionic chipi bilan jihozlanishi mumkin.






