Irkutsk viloyatiga biznes tashrif

2022-yilning 6-7-oktabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Irkutsk viloyatidagi hamkorlar bilan biznes uchrashuvda ishtirok etish uchun Irkutsk viloyatiga tashrif buyurdi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibi “NB MAX SERVIS” MChJ loyihasi bosh muhandisi Shorahmedov Shoqobul Qodirovich, “Salut” MChJ direktori Nurmatov Otabek Sharipboyevich va “Interfood Alliance” MChJ direktori oʻrinbosari Raxmonqulov Jahongir Tugambayevich va boshqa rasmiylardan iborat.

Tadbir dasturi Irkutsk viloyati hukumati raisining birinchi oʻrinbosari Sitnikov Ruslan Leonidovich va “Rossiya eksport markazi” OAJning Irkutskdagi vakolatxonasi rahbari Stanevich Yana Arsentiyevnaning tabrik soʻzlari bilan boshlandi.

Oʻzbekiston vakillari Oʻzbekistonda qurilish industriyasi, parhez qoʻshimchalar va oziq-ovqat bozorini rivojlantirishga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazdilar.

Tadbirlarning rasmiy qismidan so‘ng Irkutsk viloyati korxona va tashkilotlari vakillari bilan B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi va unda “Bright Uzbekistan” jurnali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.