Iroq 2027-yilda neft qazib olish hajmini kuniga sakkiz million barrelga yetkazmoqchi

Iroq neft vaziri Ixsan Abd al-Jabbar shu haqda bayonot berdi. "Iroq neft miqdorini oshirish imkoniyatlarini kengaytirish ustida ishlamoqda, bizda neft qazib olish bo‘yicha yirik loyihalar bor. 2027-yilning oxiriga kelib kuniga 8 million barrel neft qazib olishga erishamiz", - deya ta’kidlagan vazir INA agentligiga bergan intervyusida.

Iroq shu yilning iyul oyida kunlik neft qazib olish hajmini 4,58 million barrelga yetkazadi. May oyida mamlakat qora oltin savdosidan rekord darajada daromad olgan, ya’ni xalqaro bozorga 11,4 milliard dollarlik neft sotgan.