Ish oʼrinlarini yaratishda mavjud imkoniyatlardan to'liq foydalanilmagan

Majlis davomida amalga oshirilgan ishlar bilan birga ayrim soha va yoʼnalishlarda, shuningdek, hududlarda yangi ish oʼrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashda bir qator kamchiliklarga yoʼl qoʼyilib, mavjud imkoniyatlardan foydalanilmagani alohida qayd etib oʼtildi.

Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-104-son qarorida belgilangan ayrim tadbirlar muddatida amalga oshirilmayapti.

Jumladan, qarorda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali kelgusida kafolatli ish oʼrinlarini yaratish nazarda tutilgan.

Buxoro viloyatining Gʼijduvon, Kogon tumanlari va Kogon shahri hamda Jizzax viloyatining Jizzax shahri hududidan oʼtuvchi xalqaro yoʼllar boʼyida xizmat koʼrsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida tanlangan yer uchastkalari ochiq elektron auksion savdosiga hanuzgacha joylashtirilmagan.