Ishsizlarning kasb o’rganish davri mehnat stajiga qo’shiladi

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga ko’ra, ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, uzoq muddatli (1 yildan ortiq) tanaffusdan so’ng ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarning kasb o’rganish davri mehnat stajiga qo’shiladi.

Ushbu toifa shaxslarga:
- ishsizlik nafaqasi to‘lash;
- qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
- kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish;
- haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati taʼminlanadi.

Ish qidirayotganlarni ro‘yxatga olish, ishsiz deb eʼtirof etish, ularga yordam ko‘rsatish, ishsizlik nafaqalarini to‘lash tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.