Islom birdamligi o'yinlarida O'zbekiston gimnastikachilarining munosib «oltin» medali

V Islom birdamligining o'yinlarida beshta halqa bilan guruh chiqishlarida O'zbekiston badiiy gimnastika jamoasi oltin medalni qo'lga kiritdi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi xabar berishicha, Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyazova, Nilufar Azamova, Mumtozabonu Isxoqzoda va Mariya Pak 34.750 ball to'plab, birinchi o'rinni egallashgan.