«Islom birdamlik o‘yinlari»da o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi mutlaq chempion bo‘ldi

Og'ir atletikachi Sarvarbek Zafarjonov "Islom birdamlik o‘yinlari"da 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sportchi siltab ko‘tarishda 167 kilogramm og‘irlikdagi toshni ko‘targan, bu esa raqiblar o‘rtasidagi maksimal og‘irlik hisoblanadi. Shuningdek, og'ir atletikachi 199 kilogrammlik toshni ko‘tarib ikkinchi “oltin”ni qo‘lga kiritgan. Umumiy hisobda esa, Sarvarbek 366 kilogramm tosh ko‘tarib, uchinchi oltin medal sohibi bo'lgan.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi o‘z vazn toifasida mutlaq chempion bo‘ldi.






