Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o'zbekistonliklar Qozonga tashrif buyurishadi
O'zbekiston 27-30 avgust kunlari bo'lib o'tadigan Qozon global yoshlar sammitida ishtirok etadi.
Sammit "Qozon — yoshlar poytaxti OIS 2022" xalqaro dasturi doirasida bo'lib o'tadi.
Unda dunyoning 50 mamlakatidan jami 300 kishi ishtirok etadi. Hususan, ishtirokchilar: Bangladesh, Benin, Gabon, Iroq, Qozog'iston, Eron, Kanada, Bahrayn Qirolligi, Qirg'iziston, Livan, Liviya, Malayziya, Mali, Marokash, Mozambik, Nigeriya, BAA, Ummon, Pokiston, Falastin, Benin Respublikasi, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Turkiya, Uganda va boshqalar mamlakatlaridandir.
Sammitda Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) yoshlar va sport ishlari vazirlari, IHT mamlakatlari bosh konsullari, yoshlar tashkilotlari rahbarlari, yoshlar siyosati bilan shug'ullanuvchi xalqaro tashkilotlar vakillari, fikr rahbarlari, yosh tadbirkorlar va ilmiy jamoatchilik vakillari ham ishtirok etadi.






