Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yangi jo'nab ketish zali foydalanishga topshirildi

Tantanali ochilish marosimida "Uzbekistan Airports" AJ, Toshkent xalqaro aeroporti va qurilish kompaniyasi rahbariyati va xodimlari, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Ta'kidlash joizki, "Uzbekistan Airports" AJ aeroportlarni rivojlantirish va ular tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash bo'yicha yirik loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan.
Yaqin vaqt ichida yangi VIP-zallarni ochish, aeroportlarda zamonaviy savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik asosida yo'lovchilarga bank va boshqa xizmat ko'rsatish tarmog'ini kengaytirish rejalashtirilgan.






