Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirishda qanday istiqbollar kutilmoqda?

Sardor Umurzakov Toshkentda Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar Kengashining navbatdagi yillik Majlisi doirasida Islom taraqqiyot banki Prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda hamkorlikning bugungi holati, qo'shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, O'zbekiston va ITB o'rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash, ta'lim, infratuzilma qurilishi, sog'liqni saqlash va qishloq joylarda hayot sifatini oshirish sohalarida 6 ta yangi investitsiya loyihasini muvofiqlashtirish bo'yicha ishlarni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning muhokama qilingan yo'nalishlari doirasida kelgusidagi hamkorlik formatini belgilab olishdi.