Islom Taraqqiyot Banki boshqaruvchilar kengashining 46-yillik anjumani ochilish marosimiga Prezident Shavkat Mirziyoev tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, poytaxtimiz 4 kun mobaynida yuqori maqomdagi anjumanga mezbonlik qilmoqda. Bunda 57-aʼzo mamlakatlardan ikki mingdan ziyod ishtirokchilar qatnashmoqdalar. Shuningdek, bu kunlarda 90 dan ortiq spikerlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mavzularda so'z yuritadilar hamda 30 dan ortiq sessiyalar tashkil etiladi.   

Davlatimiz rahbari, Islom Taraqqiyot Banki boshqaruv kengashining 46-yillik anjumani ochilish marosimida ishtirok etdi. 

Аnʼanaga koʼra, tadbir avvalida raislik qiluvchi davlat madhiyasi va Qurʼon oyatlari yangradi.  

Shundan so'ng, davlatimiz rahbari anjumanda nutq soʼzladi:  

“Bankning yillik anjumani Toshkentda oʼtkazilishi oʼziga xos ramziy maʼnoga ega.  

Biz buni Oʼzbekistonning islom dunyosi rivojiga qoʼshgan hissasi, shuningdek, mamlakatda soʼnggi besh yil davomida olib borilayotgan izchil islohotlarning eʼtirofi, deb hisoblaymiz.  

Oʼzbek xalqining buyuk ajdodi, butun musulmon olamining ulugʼ namoyandasi Imom Аl Buxoriy hazratlari jamlagan “Sahihi Buxoriy” kitobida zikr etilgan hadisi sharifda aytilganidek, “Аlbatta, amallar niyatga bogʼliqdir”.  

Barchamiz xolis niyat qilgan ekanmiz, Yaratganning marhamati bilan bugun Islom taraqqiyot banki guruhining yillik uchrashuvini jonli ravishda oʼtkazishga muvaffaq boʼlayapmiz.  

Taʼkidlash joizki, mazkur tadbir pandemiya boshlangandan beri dunyodagi xalqaro moliyaviy institutlar orasida birinchi boʼlib tashkil etilgan nufuzli anjumandir".  

Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot bankining barcha aʼzo davlatlari vakillari nomidan Muhammad Аl-Jassirni bank Prezidenti lavozimida ish boshlagani bilan tabrikladi va yurtimiz bilan hamkorlik faoliyatining muhim qismiga aylanishiga ishonch bildirdi.

Anjuman o'z ishini davom ettirmoqda.