Ismingiz Oyda NASAning Artemida 1 missiyasi bilan birga parvoz qilishini xohlaysizmi?

Artemida NASAning ekipajli Oyni tadqiq qilish dasturi bo'lib, u 2020 - yillarning oxirigacha Oyda va uning atrofida barqaror inson hayotini o'rnatishga qaratilgan.
Artemida 1 NASA ning yangi Space launch System (SLS) megaraketasining debyut parvozi bo‘ladi. Raketa astronavtlarni oyga va fazoning turli nuqtalariga jo‘natish uchun ishlab chiqarilmoqda. Orion ilgari bir marta parvoz qilib, 2014-yil dekabr oyida United Launch Alliance Delta IV Heavy raketasida Yer orbitasiga qaytib kelgan edi.
Klaviaturani bir necha marta bosish orqali ismingiz oy bo’ylab sayohatda bo’lishi mumkin.
NASA odamlarga agentlikning Artemida 1 missiyasida bo’ladigan flesh-diskga o'z ismlarini yozib qoldirishni taklif qilmoqda. Disk Orion kapsulasida oyga bir necha oy muddatga ekipajsiz sayohatga otlanadi.
Shu tarzda bortga chiqish oson va bepul. Buning uchun NASA sahifasida "bortga chiqish talonini olish" tugmasini bosish kifoya.






