Ispaniya qirolligining Kompaniyalari bilan Memorandum imzolandi

Oldin xabar berganimizdek, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi mutasaddilaridan iborat O‘zbekiston Delegatsiyasi, Ispaniya Qirolligiga tashrif buyurdi. Tashrif, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi elchixonasi, Ispaniya Qirolligining "OVIGEN" hamda "WES" kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Delegatsiyasi a’zolari "OVIGEN" hamda "WES" kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif rejasiga asosan, Ispaniya Qirolligining go‘sht, sut, jun va granulali ozuqa-yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir qator korxonalariga hamda Kastiliya Lion hududiy xokimiyatiga tashrif tashkillashtirildi.
Tashrif so‘nggida, "Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish" uyushmasi, Ispaniya Qirolligining "OVIGEN" hamda "WES" kompaniyalari o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur memorandum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 9-fevraldagi PQ-4984-son qaroriga asosan, soha oldidagi eng muhim vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan imzolanmoqda.
Hamkorlikning keyingi bosqichida, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Ispaniya Qirolligining "OVIGEN" hamda "WES" kompaniyalari ekspertlaridan iborat Delegatsiyani O‘zbekistonda qabul qilishi rejalashtirilgan.






