Ispaniya va Portugaliya jahon chempionati uchun mezbonlik qilmoqchi

Ispaniya va Portugaliya davlatlari 2030-yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun birgalikda ariza berish niyatida.
Ispaniyada allaqachon jahon chempionati o‘yinlarini o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan 14 ta arena mavjud. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Ispaniya asosiy davlat bo‘lib, Portugaliyadan rejalashtirilgan uchta stadion chempionatga mezbonlik qilishi mumkin. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Portugaliya “Da Luz”, “Dragau” va “Xose Alvalade” stadionlarini taklif qilmoqda.
Ispaniya esa “Santyago Bernabeu”, “Vanda Metropolitano”, “Kamp Nou”, “Kornelya”, “La-Kartuxa”, “San-Mames”, “Mestalya”, “Riazor”, “El-Molinon”, “La Romareda”, “Reale Arena”, “La Rosaleda”, “Gran Kanariya” stadionlarini ariza uchun ko‘rib chiqmoqda.






