Isroil Yaqin Sharqda umumiy bozor yaratishni taklif qildi

Isroil moliya vaziri Avigdor Liberman Yaqin Sharqda umumiy bozor yaratishni taklif qildi. Bu haqda u o‘z Twitter sahifasida qayd etgan. “Isroil, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn va BAA o‘rtasida yangi umumiy bozor yaratish vaqti keldi”, – deya yozgan u.
Liberman ushbu davlatlar bir-biri bilan dengiz, temiryo‘l va avtomagistrallar orqali bog‘lanishi mumkinligini qayd etgan. Vazirning fikricha, bu tashabbusning amalga oshirilishi mintaqadagi reallikni tubdan o‘zgartirishi mumkin.






