Isroilda karantin cheklovlari bekor qilinishi kutilmoqda

Joriy yilning 21-mayidan boshlab Isroil hukumati karantin cheklovlarini bekor qiladi shuningdek, mamlakatga kirishda endi PZR testi talab qilinmaydi.
PZR testlarini o‘tkazish bekor qilinib, ushbu talabni bekor qilish isroilliklarga ham, sayyohlarga ham tegishli bo'ladi.
Aprel oyida mamlakatda niqob taqish talabi bekor qilingan edi. Lekin xalqaro parvoz vaqtida niqobdan foydalanish talabi saqlanib qolgan. Shuningdek, Isroilga kirishda koronavirusni davolash uchun tibbiy sug‘urta olish ham kerak bo’ladi.






